» » Buxoroda yuk mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi

Buxoroda yuk mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi


Buxoroning G‘ijduvon tumanida yashovchi 59 yoshli R.N. boshqaruvidagi “Kamaz” yuk mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi.

IIV xabariga ko‘ra, hodisa 10-iyun kuni soat taxminan 05:40 da, yuk mashinasi “Zarangari” mahalla fuqarolar yig‘ini Urganji qishlog‘i hududida o‘tib ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasining salon qismi yonib, zarar ko‘rgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют