» » O‘zbekiston bozorlarida Ramazondan so‘ng narx-navo qanday?

O‘zbekiston bozorlarida Ramazondan so‘ng narx-navo qanday?


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 9-iyun holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 — 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

32 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Toshkentagi Mirobod, Farhod va Qo‘yliq dehqon bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kilogramm qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti — 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 14 000–20 000 so‘m.

Guruch

4 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozori, Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozori, Namangandagi “Sardoba” va Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida  kuzatilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 000 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan 4 900 so‘mgacha

Eng arzon un Toshkentning Farhod dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 2 200 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun eng arzon narx Toshkentagi Mirobod, Farhod va Qo‘yliq dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un narxi 1 750—3 350 so‘m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Buxoro Markaziy dehqon bozorid qayd etildi – 5 000 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

Shakar

4 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida kuzatildi – 4 500 – 5 200 so‘m.

1 kilogramm shakar uchun eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan 700 so‘mgacha

Bir dona tuxumning eng arzoni ham (350 so‘m) eng qimmati ham Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan.

Kartoshka

1 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Andijonning Yangi shahar bozori  va poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahri Markaziy dehqon bozori va Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.

Pomidor

3 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 1 500 so‘mdan  4 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentning “Yunusobod” va “Chorsu” dehqon bozorlarida hamda Jizzax shahar, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 3 000 – 6 000 so‘m.

Xo‘jalik sovuni

800 so‘mdan 3500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘mgacha.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют