» » O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo: eng qimmat qo‘y go‘shti — Termiz shahar markaziy dehqon bozorida, eng arzoni — Farhod va Nukus bozorida

O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo: eng qimmat qo‘y go‘shti — Termiz shahar markaziy dehqon bozorida, eng arzoni — Farhod va Nukus bozorida


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 21-aprel holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqanddagi markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Farxod dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti - 38 000 dan 42 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

13 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 13000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 21 000 so‘m.

Guruch

3 000 so‘mdan – 16000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

7200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12500 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon un Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 1 700 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200so‘m.

1 kg shakar uchun respublikadagi eng qimmat narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Termiz shahri markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 200 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farhod”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 – 3 500 so‘mgacha.

Pomidor

3 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 so‘mdan  8 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 – 17 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 000 so‘mdan – 3500 so‘mgacha

Eng arzon narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 1 000 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 1 500 – 3 500 so‘mgacha.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют