» » O‘zbekistonda eng arzon tovuq go‘shti Farg‘ona markaziy bozorida, eng qimmat un Mirobod dehqon bozorida sotilmoqda

O‘zbekistonda eng arzon tovuq go‘shti Farg‘ona markaziy bozorida, eng qimmat un Mirobod dehqon bozorida sotilmoqda


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirmoqda, deb yozadi O‘zA.

Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 25-fevral holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan — 40 000 so‘mgacha

Eng arzon narx “Qo‘yliq” dehqon bozori, “Chorsu” dehqon bozori, “Farhod” dehqon bozori (barchasi Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx poytaxtdagi Yunusobod, Mirobod, Xorazmning Urganch markaziy dehqon bozori va Andijondagi Yangi shahar bozorida qayd etilgan – 33 000—40 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan — 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun “Farhod“ dehqon bozori, “Chorsu” dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.

Eng qimmat narx yana o‘sha Yunusobod va Mirobod dehqon bozorlari hamda Andijondagi Yangi shahar bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti 30 000 – 42 000 so‘m.

Tovuq go‘shti

15 000 so‘mdan — 21 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Farg‘onadagi markaziy bozorda qayd etildi – 12 000 so‘m.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 so‘m

Guruch

3 000 so‘mdan — 14 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryo viloyatidagi Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m. E’tiborlisi eng qimmat narx ham Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 500 so‘mdan — 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi “Farhod“ dehqon bozorida qayd etildi. Bu yerda o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilish mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda, “Mirobod“ dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozorida kuzatildi – 12 500 so‘mgacha.

Un

2 200 so‘mdan — 4 900 so‘mgacha

Eng arzon un Toshkentning “Farhod“ dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 2 200 — 4 500 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un uchun narx 1 500 so‘mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida va Farg‘ona Markaziy dehqon bozorida kuzatildi — 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 300 so‘mdan — 5 200 so‘mgacha

Eng arzon narx Farg‘ona viloyatidagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 — 5 200 so‘mdan.

E’tiborlisi eng qimmat narx ham “Mirobod“ dehqon bozori, Qoraqalpog‘iston va Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 4300 — 5 200 so‘mdan.

Tuxum

350 so‘mdan — 650 so‘mgacha

Toshkent shahri bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450—650 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka

1 100 so‘mdan — 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx “Chorsu“ dehqon bozorida qayd etildi – 1 100—3 000 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham “Mirobod“ dehqon bozorida kuzatildi – 1 200—32 200 so‘mgacha.

Pomidor

5 000 so‘mdan — 15 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori, “Farhod“ dehqon bozori, “Chorsu“ dehqon bozorlarida kuzatildi – 5 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Andijon viloyatining Yangi shahar bozorida qayd etildi – 18 000 — 20 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 500 so‘mdan — 3 200 so‘mgacha

Eng arzon narx Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida, Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy bozorida, Namangan shahridagi “Sardoba dehqon bozorida”, hamda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon bozori”da kuzatildi. Ushbu bozorlarda xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilish mumkin.

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi, Buxoro shahridagi, Jizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shahridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 500 — 3 500 so‘mgacha.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют