» » O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar: eng qimmat qo‘y go‘shti — Farg‘ona dehqon bozorida, eng arzon guruch — Farhod dehqon bozorida qayd etildi

O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar: eng qimmat qo‘y go‘shti — Farg‘ona dehqon bozorida, eng arzon guruch — Farhod dehqon bozorida qayd etildi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etmoqda. Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 11-yanvar holatidagi narxlari e’lon qilindi, deb yozadi O‘zA.

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha

O‘zbekiston bozorlarida 1 kilogramm mol go‘shti 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri “Saxovat” MChJga qarashli markaziy bozori, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da kuzatildi. 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Farg‘ona markaziy bozorida – 36 000—40 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha

Poytaxt bozorlarida 1 kilogramm qo‘y go‘shti 28 000—40 000 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx – 1 kilogramm qo‘y go‘shti narxi 28 000—40 000 so‘m.

Eng qimmat narx Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da – 1 kilogramm qo‘y go‘shti 40 000—42 000 so‘m.

Tovuq go‘shti

14 000 so‘mdan 21 000 so‘mgacha

Eng qimmat narx Mirobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 18 000—21 000 so‘m

Eng arzon narx “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori (Navoiy viloyati), Urganch shahar Markaziy dehqon bozori (Xorazm viloyati)da dehqon bozorida – 14 000 so‘m

Poytaxt bozorlarida 1 kilogramm tovuq go‘shtini o‘rtacha 17 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Guruch

3 500 so‘mdan 13 000 so‘mgacha

Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.

Eng qimmat narx Jizzax shahri markaziy dehqon bozori (Farg‘ona viloyati)da, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 5000—13000 so‘m.

Eng arzon Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 3500—12000 so‘m

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha

Eng arzon “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri) – 8000—11500 so‘m.

Eng qimmat narxlar “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri) 12 500 so‘mgacha

Un

1 750 so‘mdan 4 900 so‘mgacha

O‘tgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Eng arzon Urganch shahar Markaziy dehqon bozori (Xorazm viloyati)da – 1 kilogramm 1-navli un 1750 so‘mdan 2700 so‘mgacha.

Eng qimmat narx narxlar “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 2200—4900 so‘m.

Shakar

4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da – 5000—5500 so‘m.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4200—4500 so‘m.

Tuxum

400 so‘mdan 650 so‘mgacha

O‘zbekiston bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450—650 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka

1 200 so‘mdan 3 000 so‘mgacha

Kartoshkaning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon narx “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da, Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1200 so‘mdan 2500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx – mamlakatning aksariyat bozorlarida 1 kilogramm kartoshka 3000 so‘mgacha.

Pomidor

3000 so‘mdan 16 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 3000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida – 10 000—16 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori – 1 500 so‘mdan 3500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1500—3000 so‘mgacha.

Aksariyat bozorlarda sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют