» » O‘zbekistondagi eng qimmat kartoshka Gulistonda, eng arzoni esa Qarshida

O‘zbekistondagi eng qimmat kartoshka Gulistonda, eng arzoni esa Qarshida


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlarining bugungi kundagi holatini e’lon qildi.

Respublika bozorlarida guruchni 4-13 ming so‘mgacha uchratish mumkin. Qo‘yliq dehqon bozoridagi eng qimmat narxdagi guruch bu haftada ham saqlanib qolgan — 13 ming so‘m. Eng arzon guruch Termiz shahar markaziy dehqon bozorida — 3500 so‘m. Shuningdek, Nukus, Jizzax shahar markaziy dehqon bozorlarida 4 000 ming so‘m.

Mamlakat bozorlarida 1 kilogramm o‘simlik yog‘i 8-12 ming so‘mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng arzonini Nukus shahar markaziy dehqon bozorida uchratish mumkin — 8 ming. Eng qimmat narxlarni Buxoro, Jizzax shaharlari, “Farhod” (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida uchratish mumkin — 12 ming so‘m.

Eng arzon un narxi Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi —1 kilogramm 1-navli un 1500 so‘m. Eng qimmat narxlar esa Jizzax shahar markaziy dehqon bozorida — 3500 so‘m.

Eng qimmat narxlardagi shakar Nukus shahar markaziy dehqon bozori va Yangi shahar bozori (Andijon)da — 1 kilogramm shakar 5 500 so‘m. Eng arzoni esa Navoiy shahri markaziy dehqon bozorida — 4 ming so‘m.

O‘tgan haftada bozorlarda tuxum narxlarining o‘sgani kuzatilgan edi. Bu haftada ko‘plab bozorlardagi tuxum narxlari bir xil 350-500 so‘m. Eng arzon narx Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida — 330 so‘m. Eng qimmat narx “Qo‘yliq” dehqon bozori (Toshkent shahri)da — 400-600 so‘mdan sotilmoqda.

“Yerqo‘rg‘on” dehqon bozoridan 1 kilogramm kartoshkani 500 so‘mdan 1200 so‘mgacha xarid qilish mumkin bo‘lib turgan bir paytda, Guliston shahri markaziy dehqon bozori (Sirdaryo)dan 1 kilogramm kartoshkani 1500 so‘mdan 3000 so‘mgacha sotilmoqda.

Nukus shahar markaziy dehqon bozorida 1 kilogramm pomidor 1000 – 1500 so‘m. “Farhod”, “Qo‘yliq” dehqon bozorilari (Toshkent shahri)da 4000 ming so‘mgacha sotilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 17:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют