» » Toshkent dehqon bozorlarida 2300 dan ortiq tarozilar yetishmasligi ma’lum bo‘ldi

Toshkent dehqon bozorlarida 2300 dan ortiq tarozilar yetishmasligi ma’lum bo‘ldi


“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida poytaxtdagi dehqon bozorlarida qo‘llanilayotgan tosh va tarozilarning bugungi holati tanqidiy o‘rganildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

O‘rganishlar natijasida ijobiy qadamlar tashlangani bilan bir qatorda, uzoq yillardan buyon o‘z yechimini kutaverib taqdirga tan bergan masalalar hali-hanuz o‘z yechimini topmayotgani aniqlandi.

Qonunchilik talablariga asoslanadigan bo‘lsak, dehqon bozorlari ma’muriyati sotuvchilarni elektron tarozilari bilan to‘liq ta’minlab berishi kerak, ammo bozorlarning rahbariyati mazkur muammoga ko‘z yumishi oqibatida sotuvchilar o‘zlarining shaxsiy tarozilaridan foydalanishga majbur bo‘layapti.

O‘rganishlarga ko‘ra, ayni kunda Toshkent shahri bozorlarida 1003 dona xususiy tarozilardan foydalanilmoqda.

Dehqon bozorlarida jami 2305 dona tarozilar yetishmasligi ma’lum bo‘ldi.

Joriy  yilning o‘tgan davri mobaynida belgilangan rejaga asosan, poytaxtdagi 13 ta bozorlarni 964 dona zamonaviy elektron tarozilar bilan ta’minlash kerak edi. Ming afsuski, mazkur reja bor-yo‘g‘i 59 foizga bajarilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, hammasi bo‘lib 570 dona tarozi xarid qilindi xolos.

Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida tarozilarning yetishmasligi oqibatida sotuvchilar davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazmasdan shaxsiy tarozilardan foydalanishlariga yo‘l qo‘yilmoqda.

“Aviasozlar” bozorida 95 dona, “Askiya” bozorida esa 36 dona, “Chilonzor” dehqon bozorida 42 dona, “Navro‘z” bozorida 118 dona, “Oloy” bozorida 33 dona, “Sirg‘ali” bozorida 87 dona, “Farhod” dehqon bozorida 218 dona, “Eski juva”da 142 dona, “Yunusobod”da 81 dona, “Qo‘yliq” bozorida 119 dona, “Qoraqamish” bozorida esa 32 dona tarozilarga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют