» » Toshkentda dehqon bozorlaridagi savdo joylari onlayn-auksion orqali berilishi rejalashtirilmoqda

Toshkentda dehqon bozorlaridagi savdo joylari onlayn-auksion orqali berilishi rejalashtirilmoqda


Toshkent shahrida tajriba tariqasida dehqon bozorlaridagi savdo joylarini onlayn-auksion orqali berilishi rejalashtirilmoqda. Bu Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan hukumat qaror loyihasida belgilangan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlangan hujjatda aytilishicha, 2019-yil 1-apreldan dehqon bozorlaridagi savdo joylarini faqat E-ijro auksion elektron savdo maydonchasida uyushtiriladigan onlayn-auksion orqali olish mumkin bo‘ladi.

Ushbu tajriba 2019-yil 15-iyulgacha amalga oshiriladi. Undan keyin Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan loyihani butun respublika dehqon bozorlarida amalga oshirish bo‘yicha taklif kiritishi kerak bo‘ladi.

Loyiha doirasida Markaziy bank va “Toshbozorsavdo” uyushmasi shahardagi dehqon bozorlari faoliyatini shaffofligini ta’minlashi talab etiladi. Buning uchun barcha bozorlarda band yoki bo‘sh bo‘lgan savdo joylari to‘g‘risida ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi monitorlar o‘rnatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют