» » O‘zbekiston bozorlarida eng arzon qo‘y go‘shti 28 ming so‘mdan, eng qimmat guruch 13 ming so‘mdan sotilmoqda

O‘zbekiston bozorlarida eng arzon qo‘y go‘shti 28 ming so‘mdan, eng qimmat guruch 13 ming so‘mdan sotilmoqda


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 17-fevral holatidagi narxlarini taqdim etdi, deb yozadi O‘zA.

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha

O‘zbekiston bozorlarida 1 kilogramm mol go‘shti 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da kuzatildi. 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Farg‘ona markaziy bozorida – 36 000 – 40 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha 

Poytaxt bozorlarida 1 kilogramm qo‘y go‘shti 28 000 – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx – 1 kilogramm qo‘y go‘shti narxi 28 000 – 40 000 so‘m.

Eng qimmat narx Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da, Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1 kilogramm qo‘y go‘shti 34 000 – 42 000 so‘m.

Tovuq go‘shti

14 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha 

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Farg‘ona markaziy bozorida - 18 000 – 20 000 so‘m

Eng arzon narx “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozor (Navoiy viloyati), Urganch shahar Markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 14 000 so‘m

Poytaxt bozorlarida 1 kilogramm tovuq go‘shtini o‘rtacha 17 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Guruch

3 500 so‘mdan 13 000 so‘mgacha 

O‘tgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.

Eng qimmat narx Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 5 000 – 13 000 so‘m.

Eng arzon Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 3 500 – 12 000 so‘m

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha 

Eng arzon “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri) – 8 000 – 11 500 so‘m.

Eng qimmat narxlar “Mirobod” dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) – 12 500 so‘mgacha.

Un

1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha 

Unning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da– 1 kilogramm 1-navli un 1 500 so‘mdan 2 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori (Navoiy viloyati), Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida – 3 000 – 3 500 so‘m.

Shakar

4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha 

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da – 5 000-5 500 so‘m.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4 200 – 4 500 so‘m.

Tuxum

400 so‘mdan 650 so‘mgacha 

Mamlakat bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-650 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka

1 200 so‘mdan 3 000 so‘mgacha 

Kartoshkaning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon narx “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da, Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1 200 so‘mdan 2 500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da 1 kilogramm kartoshka 3 000 so‘mgacha.

Pomidor 

5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori (Navoiy viloyati), Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri)da– 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Andijon viloyati Yangi shahar dehqon bozorida – 10 000 – 18 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori – 1 500 so‘mdan 2 500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori– 1 500 – 3 500 so‘mgacha.

Mamlakatning aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют