» » O‘zbekiston IIV Xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga yoshlarni ko‘ngilli sifatida jalb qilmoqchi

O‘zbekiston IIV Xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga yoshlarni ko‘ngilli sifatida jalb qilmoqchi


O‘zbekiston IIV Xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga mamlakatdagi yosh yigit-qizlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV Xavfsiz turizmni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Alisherov ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik.

“O‘tgan yili mamlakatga to‘rt million olti yuz mingdan ko‘proq turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa, bu yilning olti oyi davomida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning 30 foizidan ko‘proq turistlar kelgan. Sayyohlar soni oshib borayapti. Demak, xodimlar sonini nisbatan oshirishimiz kerak. Shu bois bizga oliygohlarda tahsil oladigan yosh yigit-qizlarni xavfsiz turizmni ta’minlash sohasiga jalb qilish huquqi berildi”, — dedi Alisherov.

IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi oliygohlarning 2-, 3-, 4-kursida tahsil olayotgan yigit-qizlar ta’til davri (yoz)da turistik mavsum qizg‘in pallaga kirgan bir davrda jamoatchilik asosida turizm-politsiyachilari safiga qabul qilinadi.

Yoshlardan faqat chet tillarni bilish va muomala madaniyati yuqori bo‘lishlik talab etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют