» » Hafta ijtimoiy muammolari: Ichki ishlar xodimlari tushirgan qovunlar

Hafta ijtimoiy muammolari: Ichki ishlar xodimlari tushirgan qovunlar


“Daryo” kolumnisti oxirgi kunlarda propiska bilan bog‘liq ko‘tarilayotgan muammolarga noan’anaviy uslubda yondashishga harakat qilib ko‘rdi.

Keling, gapimni ichki ishlar xodimlarini maqtashdan boshlayman. So‘nggi vaqtda ko‘k formali akalar bir qarasang, yo‘ldan nogironni o‘tkazib qo‘yayotgan, bir qarasang, akkumulyatori o‘tirgan mashinani itarib chetga surishga yordamlashayotgan yoki bolaning qo‘lidan tutib masjidga yo‘llagan. Xalqimiz ichki ishlar xodimlariga jazolovchi emas, himoyalovchi og‘alar sifatida qarashi qanday ajoyib... demoqchi edim, afsuski, yana bir marta qovun tushirib turishibdi. Axir yoshi bir joyga borgan odam o‘z poytaxtida propiskaga qo‘yganlarni qanday qilib “lazeyka”dan o‘tishga qiyoslaydi? Shuncha qilingan yaxshi ishlar bir-ikki xodimning xatosi tufayli yo‘qqa chiqayotgani achinarli.

Gap xaltam shu bahona ochilib ketdi. Ichki organlarimiz vakillari birinchi marta qovun tushirmayapti. Viloyatlikka o‘xshab kiyingan kishini qidirishgani yodingizdami? Jamoatchilik bosimidan so‘ng xabarni tahrirlashgani-chi? 2017-yil avgustida “bemaqsad yurgan”larni tutib olib ketishganini eslaysizmi? Keling, ayrim IIV xodimlarining jamoatchilik kulgisiga sabab bo‘lgan o‘sha olatasir tadbirlarni yumor aralash eslaymiz. Oldindan aytib o‘taman, quyidagilarning barchasi to‘qib chiqarilgan.

Yarim tun. Toshkentning nomi mashhur ko‘chalaridan biri. Shimining pochasini qo‘nji uzun etigiga tiqqan (viloyatlikka o‘xshab emas) ketvorgan ayol yolg‘iz yuribdi. PPS mashinasi kelib to‘xtadi. Militsioner so‘raydi:

- Yarim kechasi yolg‘iz yurishdan maqsadingiz bormi?

- Mijoz kutyapman. Tirikchilik.

- Ketdik bu yerdan, kechasi yurishdan maqsadi bor ekan.

* * *

Soat 24:00 dan o‘tgan. Toshkentning ovloq ko‘chalaridan biri. Viloyatlikka o‘xshab kiyingan kishini qidirib yurgan PPS xodimlari yuziga niqob taqqan odamni ko‘rib qoldi.

- To‘xtang. Yarim kechasi nima qilib yuribsiz?

- Narigi mahalladagi falonchining uyini o‘marmoqchiman.

- Demak, maqsadingiz bor ekan. Bemaqsad yurmang ko‘chada.

* * *

Shahardagi tungi klubning qarshisida qosh-ko‘zini bo‘yagan yigit bejirim sumkacha bilan yuribdi. Unga militsiya xodimi yaqinlashdi.

- To‘xtang. Hujjatlarni ko‘rsating. Yarim kechasi nima qilib yuribsiz?

- Hujjatlarim yo‘q. Ismim Dilsho-od. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 120-modda. Boyfrendimni kutyapman.

- Yaxshi, maqsadingiz bor, omad. Sira bemaqsad yurmang.

* * *

Yarim tun. Toshkentning mashhur ko‘chalaridan biri. Salla o‘rab chopon kiyib olgan uzun soqolli odam, orqasiga ryukzak osib ketyapti. PPS mashinasi kelib to‘xtadi. Militsioner so‘raydi:

- Yarim kechasi nima qilyapsiz?

- Ichki Ishlar vazirligi tomonga boryapman, sumkamdagi bombani o‘sha yerga tashlab kelaman.

- Ha, mayli, asosiysi maqsadingiz bor. Yodingizda tuting – aslo bemaqsad yurmang.

* * *

Yana bir gap. Gruziyaning mashhur reformator prezidenti Mixail Saakashvili ishni Ichki ishlar tizimini butunlay yangilashdan boshlagan. Shunchaki eslatyapman.

Sarvar usta

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:

Silikon vodiysiga intilyapmizmi?

Men o‘sha bozor buzuvchi hokimman

Uydan chiqqan dinozavr haqida

Men dardimni kimga aytaman…

Oshxo‘rga osh, ishxo‘rga ish

“Taroq” blokbasteriga marhabo

2019-yilda Toshkentda uchar avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“O‘zing nima qilding?” “Kurakka suyandim”

Yusufbek hojining smayligi

Fermer hokimni urganda nima bo‘lardi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют