» » Samarqandda jamoatchilik maskanlari orqali qidiruvdagi shaxs ushlandi

Samarqandda jamoatchilik maskanlari orqali qidiruvdagi shaxs ushlandi


2019-yilning besh oyi mobaynida Samarqand shahridagi jamoatchilik maskanlaridagi navbatchilik orqali 67 ta tan jarohati bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik, 143 ta mayda bezorilik holatlari aniqlangan.

Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 2019-yilning besh oyi davomida shahardagi Jamoatchilik nazorati maskanlarida navbatchilikda turgan jamoatchilik vakillari tomonidan 6287 ta avtomashina hamda 22587 nafar fuqaro tekshirilgan. Tekshiruvlar natijasida O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi “v” bandi bilan qidiruvda yurgan A.K. ushlangan.

Bugungi kunda Samarqand shahrida jami 210 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, shundan 91 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga zamonaviy usulda yasalgan “Jamoatchilik nazorati maskanlari” qo‘yilgan. Mazkur “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ning 10 tasi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun, mahallalarda tashkil etilgan jamoatchilik maskanlarida profilaktika inspektorlarining yordamchilari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda tungi navbatchilik tashkil etilganligi natijasida so‘ngi besh oy davomida umumiy jinoyatchilik 175 taga (498 tadan 323 taga), o‘g‘irlik 55 taga (83 tadan 23 taga), bezorilik 2 taga (4 tadan 2 taga) talonchilik 5 taga (oltitadan bittaga) kamayishiga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют