» » Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi tayinlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi tayinlandi


Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.

Sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Tursunov O‘ktam Mingboyevich boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Turdiboyev Abduvohid To‘xtaboyevich bugundan e’tiboran Ohangaron tumani hokimi lavozimida ish boshladi.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi sho‘ba mudiri Abdulla Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют