» » Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidentiga aylanadi

Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidentiga aylanadi


FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi, deb xabar bermoqda Xalqaro press klub.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimida Ravshan Ermatov ish boshlashi aniq bo‘lib ulgurgan.

Avvalroq mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Umid Ahmadjonov o‘z arizasiga ko‘ra, ishdan ketgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Biroq Ramatov hukumatda ish yuritishi sabab tashkilotda o‘zbek futboliga birinchi vitse-prezident javobgar hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют