» » Seulda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Seulda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi


3-dekabr, dushanba kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, mamlakat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Seul shahrida Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Mong Gyu Chong bilan uchrashdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Tomonlar uchrashuv davomida bolalar va yoshlar futboli bo‘yicha tajriba almashish, turli yoshdagi terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish masalasida fikr almashdi. Shuningdek, murabbiy va hakamlar malakasini oshirish masalasida ham tomonlar yaqindan hamkorlik qiladi.

Ma’lumot uchun, MOQ rahbari avvalroq Osiyo taekvondo ittifoqi prezidenti Li Kyu Syok bilan ham uchrashuv o‘tkazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют