» » Fiyon 50 ming dollar evaziga livanlik milliarderning Putin bilan uchrashuvini tashkil qilishda gumonlanmoqda

Fiyon 50 ming dollar evaziga livanlik milliarderning Putin bilan uchrashuvini tashkil qilishda gumonlanmoqda


Fransiya sobiq bosh vaziri, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Fransua Fiyon biryo‘la ikkita mojaro ishtirokchisiga aylandi, deb yozadi “Vedomosti”.

Avvalroq Fiyonga davlat mablag‘larini sarf qilib yuborish ayblovi qo‘yilgan edi. U deputat vaqtida rafiqasi Penelopni o‘z yordamchisi etib tayinlab, u aslida hech qanday vazifani bajarmagan bo‘lsa-da, unga maosh to‘laganlikda gumon qilinmoqda. Senatorlik lavozimida esa u, go‘yoki, shunga o‘xshash vaziyatda o‘z farzandlariga pul to‘lagan. Siyosatchi va uning rafiqasiga nisbatan tekshiruv olib borilmoqda.

Bundan tashqari, u 2015-yil iyunida Peterburg iqtisodiy forumi doirasida livanlik milliarder Fuad Mahzumiyning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Total bosh direktori Patrik Puyanne bilan uchrashuvini tashkil qilgan bo‘lishi mumkin. 2015-yil boshida livanlikning Future Pipe Industries quvur yasash konsorsiumi sobiq bosh vazirning 2F Conseil konsalting kompaniyasi bilan 46 ming yevro (50 ming dollar)lik shartnoma imzolagan edi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Fransiya nashrining bunday axborotini “navbatdagi soxta xabar” deb atadi.

2F Conseil Fiyonning bosh vazir lavozimidan ketishidan bir necha oy avval tuzilgan edi. Qonun bo‘yicha Fransiya deputatlari o‘zlari saylanganidan keyin tashkil qilingan konsalting biznesini boshqarish huquqiga ega emas.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют