» » Fransiya prezidentligiga nomzod Fransua Fiyon suddan chaqiruv qog‘ozi oldi. U saylovdan chiqishdan bosh tortdi

Fransiya prezidentligiga nomzod Fransua Fiyon suddan chaqiruv qog‘ozi oldi. U saylovdan chiqishdan bosh tortdi


“Respublikachilar” partiyasidan Fransiya prezidentligiga nomzod Fransua Fiyon u va uning xotini Penelopga nisbatan olib borilayotgan tergov harakatlariga qaramay, saylovdan chiqmaydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Avvalroq Fiyon va uning xotiniga sudning chaqiruv qog‘ozlari taqdim etilgani, ular mart oyi o‘rtalarida sud majlisida qatnashishlari lozimligi ma’lum bo‘lgan edi. Fiyon bu tergovni “siyosiy qotillik” deb atadi.

U tergovchilarga barcha haqiqatni ma’lum qilishga va’da berib, surishtiruv ishlari uning aybsiz ekanini tasdiqlashiga umid bildirdi.

Penelop Fiyonga nisbatan tergov harakatlari u Fransua Fiyon parlament deputati va senatori bo‘lgan vaqtlarda uning yordamchisi sifatida ishlagani sabab olib borilmoqda. OAVning aniqlashicha, Fiyonning xotini aslida hech qanday ish qilmagan bo‘lsa-da, muntazam maosh olib turgan.

Fiyon — saylovoldi poygasining favoritlaridan biri. So‘rovnomalarga ko‘ra, saylovning birinchi turida katta ehtimol bilan “Milliy front” yetakchisi Marin Le Pen g‘alaba qozonadi. Ikkinchi turda esa g‘alaba Le Penning ikki asosiy raqibidan biri — Fiyon yoki Emmanuel Makronga nasib etishi taxmin qilinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют