» » Xitoydagi maktabda ro‘y bergan tiqilinchda ikki o‘quvchi halok bo‘ldi

Xitoydagi maktabda ro‘y bergan tiqilinchda ikki o‘quvchi halok bo‘ldi


Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Puyan uyezdi boshlang‘ich maktablaridan birida ro‘y bergan tiqilinchda ikki o‘quvchi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi. 

OAVga ko‘ra, tiqilinchga hojatxonaga kirishdagi devorning bir qismi qulashi tufayli bolalar o‘rtasida yuzaga kelgan vahima sabab bo‘lgan. 

Bir o‘quvchi kasalxonaga olib ketilayotganida jon berdi, ikkinchisini shifokorlar tibbiy muassasada qutqara olmadi.

Shifoxonada yana 20 nafar o‘quvchi qolmoqda, ulardan ikki nafari og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda. 

Mahalliy rasmiylar zudlik bilan fojia tafsilotlarini o‘rganish uchun ishchi guruh tuzdi. 

Опубликовано: admin (22-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют