» » Kopa Amerika—2019. Braziliya Boliviyani yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

Kopa Amerika—2019. Braziliya Boliviyani yirik hisobda mag‘lub etdi (video)


15-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha Kopa Amerikaning “A” guruhida birinchi tur doirasida dastlabki uchrashuv yakunlandi.

Unda Tite qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasi Boliviyaga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 50 (penalti) va 53-daqiqalarida Braziliya termasi yarim himoyachisi Filippe Koutinyo dublga erishgan bo‘lsa, 85-daqiqaga kelib hujumchi Everton Soares hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa Braziliya Boliviya darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Kopa Amerika—2019

1-tur bahsi

15-iyun, shanba

“A” guruhi

Gollar: 1:0 — 50, penalti, Koutinyo, 2:0 — 53 Koutinyo, 3:0 — 85 Everton

“Braziliya”: Alisson, Tiago Silva, Filipe Luis, Dani Alves, Markinyos, Koutinyo, Kazemiro, Risharlison (Villian, 84), Fernandinyo, Neres (Everton, 81), Firmino (Gabriel Jezus, 65)

“Boliviya”: Lampe, Bexarano, Akin, Bexarano, Juzino, Hustiniano, Saavedra (Vaka, 64), Chumasero, Kastro (Vaka, 75), Sausedo (Vayyar, 59), Moreno

Ogohlantirishlar: Sausedo (20), Koutinyo (66)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют