» » Yunusobodlik yigit tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidan olib qochilgan Lacetti Chilonzordan topildi

Yunusobodlik yigit tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidan olib qochilgan Lacetti Chilonzordan topildi


Vaqtincha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 29 yoshli U.S.ning uy oldida qarovsiz qoldirilgan Lacetti’sini oynalari ochiq qolganligidan foydalanib, 13-iyun kuni noma’lum shaxs haydab qochgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida mashina Chilonzorning Bunyodkor ko‘chasida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Ushbu jinoyat Yunusobodda yashovchi 20 yoshli A.I. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.

“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют