» » Toshkentda yo‘l talashib, haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentda yo‘l talashib, haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi B.T. Cobalt mashinasini Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydab ketayotganida noma’lum shaxs boshqaruvidagi, davlat raqamlari aniqlanmagan Lacetti bilan yo‘l talashgan.

Natijada noma’lum shaxs mashinasini to‘xtatib, B.T.ni yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. Qayd etishlaricha, bu voqea 2018-yil 2-dekabr kuni yuz bergan.

IIVning xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzo Ulug‘bek tumani Qorako‘l ko‘chasida yashovchi R.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

“Tergov harakatlari davom etmoqda”, — deyiladi IIVning 2019-yil 4-may kuni e’lon qilingan axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют