» » Toshkentga kelgan Human Rights Watch tadqiqotchisiga O‘zbekistondan tezroq “surishini” aytib tahdid qilindi

Toshkentga kelgan Human Rights Watch tadqiqotchisiga O‘zbekistondan tezroq “surishini” aytib tahdid qilindi


Human Rights Watch tadqiqotchisi Stiv Sverdlov O‘zbekistonga inson huquqlarining buzilganlik darajasini o‘rganish uchun kelganida agressiv tahdidlarga nishon bo‘ldi. Bu haqda Human Rights Watch xabar berdi.

Tashkilot Human Rights Watch tashkilotiga, boshqa huquq himoyachilariga va O‘zbekistondagi jurnalistlarga qarshi keng ko‘lamli tanqidiy kampaniyaning bir ko‘rinishi bo‘lgan, 2019-yilning 13-iyunida Toshkentda sodir etilgan ushbu hujumni qoraladi.

13-iyun kuni ertalab video blogger Sardor Komilov va yana to‘rt kishi Sverdlov Toshkentda yashayotgan mehmonxonaga borgan. Komilov qabulxona xodimiga o‘zini Sverdlovning mehmoni deb tanishtirgan, uning xonasiga qo‘ng‘iroq qilib, Human Rights Watch’ning yordamiga muhtoj bo‘lgan qurbondek ko‘rsatgan.

Sverdlov pastga tushganda, Komilov va boshqalar uni har tomondan o‘rab olgan. Uning harakatlanishiga yo‘l qo‘ymay, ta’qib qilishgan va 20 daqiqa videoga olishgan. Komilov Sverdlovga bir necha asossiz ayblovlar bilan, so‘nggi haftalarda internetda paydo bo‘lgan xabarlar bilan tahdid qilgan. Ketishdan oldin esa Sverdlovga O‘zbekistondan tezroq “surishini” aytgan.

“Human Rights Watch bizning mutaxassisimiz Stiv Sverdlovni hamda uning inson huquqlarini buzayotgan o‘zbek amaldorlarining ishini o‘rganishdagi harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Toshkentda unga nisbatan qilingan jirkanch hujumni qoralaymiz, — deydi Human Rights Watch tashkilotining ijrochi direktori Kennet Ros.

— Bu aniq Stivni qo‘rqitishga urinish va O‘zbekistondagi huquqni himoya qilish tashkilotlari va huquq himoyachilarining ishini obro‘sizlantirishga qaratilgan onlayn-kampaniyaning bir qismi bo‘lib tuyulmoqda. Huquq himoyachilarining obro‘sini to‘kish uchun qilingan bu urinish ish bermaydi”.

Human Rights Watch bir necha yillik  cheklovdan keyin 2017-yil avgust oyida O‘zbekistondagi o‘z faoliyatini qayta tiklagan. Bo‘lib o‘tgan hodisa 2017-yildan buyon inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining boshqa tashriflaridan keskin farq qiladi.

Bir necha yuqori lavozimli amaldorlar voqea sodir bo‘lganidan keyin Sverdlov bilan aloqaga chiqdi va undan tashvishlanayotganini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют