» » Human Rights Watch delegatsiyasi kelasi hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Human Rights Watch delegatsiyasi kelasi hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi


Human Rights Watch xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti delegatsiyasi kelasi hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb yozadi “Podrobno” parlament quyi palatasi deputati, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidovga tayanib.

“Human Rights Watch’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasini tugatish — O‘zbekiston Oliy sudi qarori. Shunga qaramay, hukumatimizning ochiqligi tufayli, o‘tgan yili ularning tashrifi tashkillashtirildi. Men ular bilan uchrashdim. Kelasi hafta 21-mart kuni ushbu delegatsiya yana bir marta kelmoqda”, — dedi Akmal Saidov.

“Ushbu tashkilot vakolatxona faoliyatini qayta tiklash niyatida. Ammo bu yerda huquqiy ziddiyat bor. Uni hal qilish ustida Adliya vazirligi ishlamoqda. Ammo bu bizning konstruktiv muloqotimiz, Human Rights Watch delegatsiyasi uchun vizalar olish yoki ushbu delegatsiya uchun har qanday hududda har qanday kishi uchun uchrashuvlar tashkillashtirish uchun to‘siq bo‘la olmaydi”, — deya u Human Rights Watch’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi faoliyatining qayta tiklanishi bilan bog‘liq vaziyatni izohladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют