» » Human Rights Watch O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ocha olmaydi

Human Rights Watch O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ocha olmaydi


Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti o‘z faoliyatini qayta tiklash uchun hozircha O‘zbekistonga qayta olmaydi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shunga bog‘liqki, yetti yil avval O‘zbekiston Oliy sudi Adliya vazirligining HRW’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasini tugatish da’vosini qondirgan.

“Vakolatxona ochish borasida O‘zbekiston Oliy sudining 2011-yildagi qarori haliyam amal qilmoqda, uni hech kim bekor qilgani yo‘q. Tabiiyki, bu oliy instansiya, biz masalani yuridik tarzda Adliya vazirligida hal qilishimiz kerak”, — dedi markaz rahbari.

Ammo u qo‘shimcha qilishicha, bu huquqni himoya qiluvchi tashkilot vakillari mamlakatga erkin kelib-keta olmaydi, degani emas.

Nashr eslatishicha, avvalroq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston HRW delegatsiyasini qabul qilishga tayyorligini aytgan edi, shundan so‘ng uning Toshkentga tashrifi amalga oshgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют