» » Kopa Amerika—2019. Qatar qoyilmaqom gollar urilgan o‘yinda Paragvay bilan durang qayd etdi (video)

Kopa Amerika—2019. Qatar qoyilmaqom gollar urilgan o‘yinda Paragvay bilan durang qayd etdi (video)


Futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining “B” guruhidan o‘rin olgan 1-tur bahsida, 16-iyun, yakshanba kuni Paragvay terma jamoasi Qatar termasi bilan o‘ynadi.

Uchrashuv davomida Paragvay temasi vakillari Oskar Kardoza (4, penalti), Derlis Gonsales (56) urgan gollarga qatarliklar Almoez Ali (68) hamda Bualem Huhining (77) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Qatar musobaqaning dastlabki turida Paragvay bilan durang o‘ynadi (2:2) va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, Qatar termasi Kopa Amerikada ilk marotaba ishtirok etmoqda.

Kopa Amerika—2019

1-tur bahsi

16-iyun, yakshanba

“B” guruhi

Gollar: 1:0 — 4, penalti, Kardoza, 2:0 — 56 Gonsales, 2:1 — 68 Ali, 2:2 — 77 Huhi

Paragvay: Fernandes, Balbuena, Arsamendiya, Valdes, Alonso, Ortis, Roxas (Sanches, 79), Almiron, Peres (Gonsales, 46), Dominges (Iturbe, 83), Kardoso

Qatar: Al-Sheb, Salman, Hassan, Pedru Migel, Al-Ravi, Hotam (Budiaf, 88), Huhi, Madibo, Holid, Afif, Ali

Ogohlantirishlar: Madibo (11), Salman (26), Peres (40), Hassan (61), Huhi (71), Balbuena (80)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют