» » Gollivud aktyori Tom Xenks Kaliforniyadagi do‘konni “o‘mardi” (video)

Gollivud aktyori Tom Xenks Kaliforniyadagi do‘konni “o‘mardi” (video)


Amerikalik teleboshlovchi Jimmi Kimmelning ko‘rsatuviga Gollivudda eng xushmuomala, qo‘li ochiq aktyor sifatida nom chiqargan Tom Xenks tashrif buyurdi, deb xabar berdi Forum Daily.

Xenks tushik qilishga tamaddixonaga kirib, o‘z hisobidan hammani burgerlar bilan mehmon qiladigan insonlar sirasiga kiradi.

Kimmel ko‘rsatuv efirga uzatilayotgan paytda Tom Xenks ana shunday obro‘si bilan hayoliga kelgan barcha ishni qilishi va jazosiz qolishi mumkinligini aytdi.  Shuning uchun ham u aktyorga studiya yaqinida joylashgan do‘kondan o‘zining tasviri tushirilgan karton figurani o‘g‘irlashni taklif qildi.

Xenks rozi bo‘ldi. U hatto o‘g‘rilik qilayotgan paytda ham o‘zining naqadar xushmuomala ekanligini ko‘rsatdi: do‘konga tashrif buyurgan mijozlar bilan suhbatlashdi, ularning qayerdan kelganini so‘radi. Burger sotib olish uchun pul berdi.

Oxir-oqibat Xenks karton figuralar turgan bo‘limga yetib bordi. Aktyor o‘zining figurasini o‘marishdan avval Mett Deymonning karton figurasiga flamaster yordamida kulguli rasm chizdi.

Bundan tashqari, Xenks o‘zi bilan bir necha “Oskar” statuetkasini olib ketdi. Do‘kondan chiqib, studiyaga yetgunicha yo‘l-yo‘lakay xot-dogni ham tekinga olib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют