» » Zelenskiy Putin bilan uchrashganida unga nima deyishi haqida gapirdi

Zelenskiy Putin bilan uchrashganida unga nima deyishi haqida gapirdi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvida rossiyalik hamkasbiga Qrim va Donbass Ukrainaning qismlari hisoblanishini aytgan bo‘lardi. U bu haqda “Liga Novosti” xabar berdi.

“Putin bilan birinchi marta uchrashganigizda unga nima deysiz?”, deb so‘rashgan jurnalistlar Zelenskiydan. “Gapni Donbass va Qrim Ukraina ekanligidan boshlaymiz”, deb javob qilgan Ukraina prezidenti.

Ukraina yetakchisi Qrim Ukraina tarkibiga qaytarilishiga umid bildirgan va yarimorolda ko‘p marta bo‘lgani va uni yaxshi ko‘rishini aytgan. “Men uchun Qrim har doim Ukrainaning bir qismi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi”, deb qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Uning aytishicha, Kiyevda Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti tiklanmaguncha kuchda qolishi kerak, deb hisoblashadi.

Ukraina prezidentining fikricha, sanksiyalar hududni qaytarishga va o‘t ochishni to‘xtatishga yordam beruvchi vosita hisoblanadi. “Agar bu vosita ishlamasa, unda bu mexanizmni to‘ldirish lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют