» » Huawei va MegaFon PXIF – 2019 kunlarida 5G texnologiyasining amaliy imkoniyatlarini namoyish qilishdi

Huawei va MegaFon PXIF – 2019 kunlarida 5G texnologiyasining amaliy imkoniyatlarini namoyish qilishdi


Joriy yilda o‘tkazilayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiyot forumida MegaFon va Huawei kompaniyalari Cloud VR va Cloud Gaming servislarini tashkil etish uchun 5G texnologiyasining amaliy imkoniyatlarini namoyish qildi.

Cloud VR va Cloud Gaming – interfaol o‘yin videokontentini translatsiya qilishga imkoniyat beradigan ilova bo‘lib, unda yuqori sifatga faqat 5G tarmoqlarini qo‘llash orqali erishish mumkin. Katta hajmdagi ma’lumotlarni bulutda qayta ishlash orqali apparat ta’minoti va mahsuldorligiga bo‘lgan talablarni kamaytirish, shuningdek, abonent mobil qurilmalarining narxini sezilarli darajada qisqartirish mumkin bo‘ladi. Bu jarayonda qurilma faqat tasvirlarni uzatish va past kechikishli tezkor aloqani qo‘llagan holda mazkur tasvirlarga nisbatan foydalanuvchining reaksiyasini kuzatish vazifasini bajaradi, xolos.

Bugun MegaFon va Huawei tijoriy 5G uskunasini, shu jumladan 5G infratuzilmasiga tegishli barcha qurilmalar to‘plamini (5G NSA standartini qo‘llab-quvvatlaydigan tayanch tarmoq, 5G baza stansiyasi uskunasi va 5G Massive MIMO AAU radiouskunasi) hamda real foydalanuvchilarga mo‘ljalangan 5G CPE abonent qurilmasi va Mate 20X 5G smartfonini laboratoriya sharoitlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganligini e’lon qiladi. Massive MIMO – 5G standartidagi eng muhim texnologiyalardan biri bo‘lib, LTE tarmoqlarida qo‘llanadigan tipik yechimlarga solishtirganda faol ishlash holatida uyaning o‘tkazish qobiliyati/sig‘imini ( 5 – 6 marta) sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

5G tarmoqlari mavjud telekommunikatsion bozorlarni rivojlantirishga zamin hozirlab, yangi biznes yo‘nalishlarning taraqqiy etishiga imkoniyat yaratadi va ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish uchun raqobatli muhitni hosil qiladi. Ma’lumot uzatishdagi kechikishlarni qisqartirish, o‘tkazish sig‘imini kengaytirish, tarmoq tezligi kuchaytirish va bir vaqtda tarmoqqa ulangan ulanishlar sonini oshirish - 5G standartining asosiy trendlari hisoblanadi. Shu tufayli 5G tarmoqlaridan bulutli hisoblashlar asosida kontent taqdim etadigan interfaol ilovalarda ham foydalanish mumkin.

IHS Markit konsalting kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 5G tarmoqlari interfaol bulutli ilovalar bozorining jozibadorligini yiliga 410 mlrd dollarga oshirishi mumkin. IHS Markit ekspertlari interfaol bulutli ilovalarning ahamiyati 2022-yilga borib sezilarli darajada kuchayishini prognoz qilishmoqda.

Interfaol bulutli ilovalardan tashqari 5G standarti pilotsiz avtomobillar, simsiz robotlar, dronlar, teletibbiyot va boshqalar yo‘nalishlarda ham ishlatiladi. 5G kelajakda raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga imkoniyat yaratadi.

MegaFon va Huawei 5G standartiga doir yangi xizmatlarni rivojlantirish va joriy qishi uchun sohadagi hamkorlar bilan faol ish olib bormoqda. Ushbu sa’y-harakatlar tufayli foydalanuvchilarda biznes yechimlarni amalga tatbiq etish uchun yanada ko‘p imkoniyatlar paydo bo‘ladi, shu bilan birga, aloqa operatorlarining mavjud infratuzilmasiga 5G tarmoqlarini joriy qilish orqali bu boradagi tajribalari yaxshilanadi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют