» » Venesuelada harbiylarni o‘ldirishda gumonlanib bir guruh bolalar hibsga olindi

Venesuelada harbiylarni o‘ldirishda gumonlanib bir guruh bolalar hibsga olindi


Venesuela politsiyasi o‘g‘rilik maqsadida milliy armiyaning ikki nafar askarini o‘ldirganlikda ayblanayotgan bir guruh bolalarni hibsga oldi. Bu haqda El Universal axborot portaliga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Guruh tarkibida 15 yoshli qiz, shuningdek, olti yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bir nechta yosh bola bo‘lgan. Hammasi bo‘lib jinoyatda 12 nafar bola va o‘smir ishtirok etgan.

Tergovchilarning xabar berishicha, bolalarning ikkitasi harbiy xizmatchilar restoranda bo‘lgan vaqtda askarlardan birining sumkasini o‘g‘irlagan. Askarlar o‘g‘rilarning ortidan quvgan va ularning tuzog‘iga tushgan. Bolalar askarlarga pichoq bilan hujum qilib, ularga o‘ndan ortiq jarohat yetqazgan va harbiylar vafot etgan.

El Universal nashrining ta’kidlashicha, mahalliy qonunlarga ko‘ra, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

 “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют