» » Nyu-York Markaziy bog‘ida 6 nafar o‘smir selfiga tushish chog‘ida muz ostiga qulab tushdi

Nyu-York Markaziy bog‘ida 6 nafar o‘smir selfiga tushish chog‘ida muz ostiga qulab tushdi


Nyu-York Markaziy bog‘ida 20-fevral, dushanba kuni kechqurun guruh bo‘lib selfiga tushayotgan olti nafar o‘smir suv havzasi muzi ostiga qulab tushdi. Bu haqda megapolis o‘t o‘chirish xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Ular haddan tashqari sovqotish tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

“Bolalar o‘ynagan. Ba’zilari bu xavfli ekanligi haqida ogohlantirsa-da, boshqalari gapida turib olgan. Oqibatda barchasi birgalikda to‘planib, muzda selfi olishga qaror qilgan. Muz sinib ketib, bolalarning barchasi suvga qulab tushgan”, — deydi 15 yoshli Mayya Ramires New York Post gazetasiga bergan intervyusida.

Hodisa kechki oltiga yaqin Markaziy bog‘da joylashgan suv havzasida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, gap o‘n yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar haqida bormoqda. Dushanba kuni Nyu-Yorkda havo 11 darajagacha isib ketdi. Kattaroq o‘smirlar cho‘kayotganlarni qutqarish uchun shoshilgan, biroq ularni ham qutqarishga to‘g‘ri kelgan. Bolalarning ahvoli yaxshi ekanligi ma’lum qilinmoqda.

AQShda qutqaruvchilar vazifasini bajaruvchi o‘t o‘chiruvchilarning ma’lum qilishicha, bolalar muz ostiga tushib ketgan joyning chuqurligi besh metrdan ortiq bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют