» » Nyu-York aeroportidagi soqchilar 11 kishini tekshirmasdan reyslarga o‘tkazib yubordi

Nyu-York aeroportidagi soqchilar 11 kishini tekshirmasdan reyslarga o‘tkazib yubordi


Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportida xavfsizlik xizmati xodimlarining mas’uliyatsizligi tufayli, 11 kishi tekshiruvdan o‘tmasdan, samolyotga chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “TASS” New York Post gazetasiga tayanib.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa aeroportning beshinchi terminalida yuz bergan, aeroport soqchilari o‘z joyida bo‘lmagan. “Yo‘lovchilar bundan bexabar bo‘lgan va metall detektoridan o‘tishni boshlagan”, — deya nashr o‘z manbasi so‘zlarini keltirdi. Shu bilan birga ta’kidlanishicha, 11 yo‘lovchining shaxsiy buyumlari ko‘zdan kechirilgan.

Politsiya hodisa haqida ikki soatdan so‘ng xabar topdi, ammo ular yo‘lovchilar qayerga yo‘l olganini aniqlay olmadi.

Hukumat hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda, ammo qoida buzilishi xavfsizlik uchun tahdidli emasligi aytilmoqda.

Опубликовано: admin (21-02-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют