» » Xalq ta’limi vazirligining erishgan yutuqlari hamda bartaraf qilishi kerak bo‘lgan qator kamchiliklar haqida vazir Sherzod Shermatov bilan intervyu (video)

Xalq ta’limi vazirligining erishgan yutuqlari hamda bartaraf qilishi kerak bo‘lgan qator kamchiliklar haqida vazir Sherzod Shermatov bilan intervyu (video)


Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Daryo”ga eksklyuziv intervyu berdi. Vazir bilan majburiy maktab formasi, o‘quv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati hamda ayrim maktablarda darslar uch smenada o‘tilishi haqida ma’lumot berdi.

Sherzod Shermatovga ko‘ra, Ta’lim vazirligining bir yil ichida erishgan eng yutug‘i jamiyatda o‘qituvchiga munosabat o‘zgargani.

Bir yilda butun jamiyatda maktab va o‘qituvchi degan masalalar trendga aylandi. Maktablarga yordam berish kerakligi o‘ziga yarasha umummilliy harakatga aylanmoqda. Shu eng katta natija va yutug‘imiz deb aytsak bo‘ladi.

Sherzod Shermatov majburiy maktab formasi haqida alohida to‘xtalib, forma to‘g‘risida Hukumat tegishli qarori qabul qilinishi, hamda maktab formasi kelayotgan o‘quv yilida majburiy bo‘lmasligi haqida ma’lum qildi.

Formani juda ko‘p muhokoma qilsa bo‘ladi. Ijobiy tomonini ham, salbiy tomonini ham. Lekin, shoshilish kerak emas. Bizda ozgina shoshish bo‘layapti. Maktab formasi o‘tgan yili majburiy emas, ixtiyoriy bo‘ldi. Yangi o‘quv yilida majburiy qilsak, shoshilish bo‘lib qoladi.

Sherzod Shermatov maktablardagi tekshir-tekshirlar nazorati Prezident qarori bilan prokuraturaga yuklatilganidan so‘ng, ularni keskin kamaytirishga erishilgani haqida ham aytdi.

Tekshirishlar yigirma baravargacha kamaydi. Sababi Prezidentdan qat’iy topshiriq bo‘ldi. Umumiy nazorat prokuraturaga yuklatildi. Yaqinda yangi tartib joriy qilinib, alohida qaror chiqdi. Maktablarda tekshiruvlarni tartibga solish haqida.

Shuningdek, vazir maktab mikrohududida yashaydigan, lekin o‘zining maktabiga kira olmaydigan bolalar boshqa maktablarda o‘qishga majbur bo‘lib kelayotgani, ularning o‘rniga esa boshqa mikrohududlardan tanish-bilish hamda pora bilan qabul qilingan o‘quvchilar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Bola o‘zining mikrohududidagi maktabga tanish-bilishsiz, bepul kira oladi. Bola mikrohududdan qamrab olinmasdan qolmaydi. Avval shu maktablar mikrohududi to‘liq qamrab olinadi, undan keyin agar joy qolsa qo‘shimcha kvota bo‘yicha bola olish mumkin bo‘ladi. Yangi tizim aynan bolalar qulaylik yaratadi.

Bundan tashqari, vazir elektron kundalik va jurnallarning sinovi haqida, ularni kiritish bilan bog‘liq muammolar, oldindagi katta rejalar va 2030-yilgacha bo‘lgan vazirlikning rejalari haqida aytib berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют