» » Sirdaryodagi bog‘chada 23 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Sirdaryodagi bog‘chada 23 nafar bola ovqatdan zaharlandi


Shu yilning 18—19-iyun kunlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 23 nafar tarbiyalanuvchisi, 1 nafar tarbiyachisi hamda 1 nafar hamshirasi tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ich ketishi, qorin sohasida og‘riq kabi kasallik belgilari bilan Boyovut tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga “o‘tkir ichak kasalligi, ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan gumon qilinib yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, dastlabki epidemiologik surishturuvlar jarayonida mazkur muassasa ichimlik suvi bilan ta’minlanmagani, 17-iyun kuni toza ichimlik suvi tashib keltirilmagani natijasida bog‘chaning sanitariya-gigiyena qoidalari holati qoniqarsizligi, shuningdek, bolalar qaynatilmagan suv ichgani hamda bog‘cha hududidagi mavjud o‘rikzordan o‘rik mevasini yaxshi yuvmasdan yegani oqibatida kasallik kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. O‘rganish va laboratoriya tekshirish ishlari davom etmoqda.

Bemorlarning ahvoli o‘rta va yengil og‘irlikda, shifoxonada dori-darmonlar yetarli miqdorda, ularga kerakli barcha tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют