» » Isroil kompaniyasi dunyoda eng yirik elektr yo‘lovchi samolyotini taqdim etdi

Isroil kompaniyasi dunyoda eng yirik elektr yo‘lovchi samolyotini taqdim etdi


Shu kunlarda Parijda bo‘lib o‘tayotgan Le-Burje (The International Paris Air Show at Le Bourget) xalqaro aviatsiya-kosmik ko‘rgazmasida Isroilning Eviation kompaniyasi dunyoda eng yirik elektr yo‘lovchi samolyotini taqdim etdi. Alice deb nomlangan ushbu samolyot faqat elektr energiyada ishlaydigan dunyoda eng yirik samolyot bo‘ldi.

Tajriba samolyotiga uchta Siemens elektrodvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, to‘qqizta yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Samolyot og‘irligi 3 800 kilogramm bo‘lib, uning 60 foizini o‘rnatilgan korpus va akkumulyator tashkil etadi. Yangi samolyot soatiga taxminan 444 kilometr tezlikda 700 metr balandlikda ucha oladi.

Eviation kompaniyasi bosh direktori Omer Bar-Yoxayning ta’kidlashicha, hozirda barcha ishlar xususiy investorlar yordamida moliyalashtirilmoqda. Yangi samolyot ishlab chiqarilishi uchun kompaniya kamida 200 million dollar to‘plashi lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hammasi rejaga ko‘ra ketsa, yangi samolyotga sertifikat 2021-yilda beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют