» » Jahondagi eng yirik samolyot ilk bor uchish-qo‘nish yo‘lagiga olib chiqildi (video)

Jahondagi eng yirik samolyot ilk bor uchish-qo‘nish yo‘lagiga olib chiqildi (video)


Kaliforniyaning Moxave aerokosmik portida jahondagi eng yirik samolyot — Stratolaunch raketa tashuvchisining uchish-qo‘nish yo‘lagidagi sinovi bo‘lib o‘tdi.

“Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, voqeaning 34 soniyalik videosi amerikalik ishbilarmon, Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Pol Allen tomonidan e’lon qilingan.

.@Stratolaunch turned onto the Mojave Air and Space Port runway center line yesterday and successfully conducted its first taxi test. More to share soon! pic.twitter.com/JEs1grBnK5

— Paul Allen (@PaulGAllen) December 18, 2017

Bu samolyotning ilk parvozi arafasidagi so‘nggi sinov edi. Samolyot 2019-yildan boshlab muntazam ravishda parvoz qilishi ko‘zda tutilgan.

Stratolaunch’ning 28 shassisi bor. Uning og‘irligi — 250 tonna, qanotlarining umumiy uzunligi — 117 metr. Bu samolyot raketalarni yuqori balandlikka olib chiqib, ularni kosmosga uchirishga mo‘ljallangan.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют