» » O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun majburiy forma joriy qilish 2024-yilgacha kechiktirildi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun majburiy forma joriy qilish 2024-yilgacha kechiktirildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Vazirlar Mahkamasi qarori davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish, salomatliklarini muhofaza qilish hamda ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish maqsadida qabul qilingan.

“Vazirlar Mahkamasining ‘Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida’ 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarorining 3-bandidagi va 7-bandning uchinchi xatboshisidagi ‘2019/2020 o‘quv yilidan boshlab’ so‘zlari ‘2024/2025 o‘quv yilidan boshlab’ so‘zlari bilan almashtirilsin”, deyiladi qarorda.

Avvalroq, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Daryo”ga bergan intervyusida yangi o‘quv yilidan boshlab maktab formasi majburiy bo‘lmasligi haqida gapirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют