» » Tbilisida rossiyalik deputatning parlamentdagi chiqishi tufayli norozilik aksiyalari boshlandi (video)

Tbilisida rossiyalik deputatning parlamentdagi chiqishi tufayli norozilik aksiyalari boshlandi (video)


Tbilisida 20-iyun kuni kechki payt ko‘p ming kishilik norozilik aksiyasi boshlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Parlament oldidagi maydonda 10 mingga yaqin kishi to‘plandi. Ular “Rossiya okkupatsiyasi”ga qarshi chiqdi va parlament raisi Irakliy Kobaxidze, shuningdek, IIV va davlat xavfsizligi xizmati raisi iste’fosini talab qildi. Talablari bajarilmagach, parlament binosiga bostirib kirishga urindi. Namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi, jabrlanganlar bor.

Norozilik aksiyalariga Rossiya Davlat dumasi deputati, Parlamentlararo pravoslaviye assambleyasi prezidenti Sergey Gavrilovning chiqishi sabab bo‘ldi. 20-iyun kuni u Gruziya parlamentida mazkur assambleya yig‘ilishi chog‘ida spiker o‘rindig‘iga o‘tirdi va to‘planganlarga rus tilida murojaat qildi.

Bu Gruziya muxolifatini darg‘azab qildi va Gavrilov parlamentdan qo‘riqchilar himoyasida chiqib ketdi. Ko‘p o‘tmay Rossiya delegatsiyasi Gruziyani tark etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют