» » Armanistonda namoyishchilar davlat muassasalarini qamal qilishga kirishdi. Muxolifat yetakchisi mamlakatda inqilob boshlanganini e’lon qildi

Armanistonda namoyishchilar davlat muassasalarini qamal qilishga kirishdi. Muxolifat yetakchisi mamlakatda inqilob boshlanganini e’lon qildi


Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan nomzodi bosh vazir lavozimiga ilgari surilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazayotgan muxolifat qatnashchilari Yerevanda davlat muassasalarini qamal qilishga kirishdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Namoyishchilar bosh prokuratura, tashqi ishlar vazirligi va davlat daromadlari qo‘mitasi binolarini o‘rab oldi. Har bir bino oldida 10-15 kishi turibdi, ular kirish eshiklarini to‘sib qo‘ygan.

“Butun respublika bo‘ylab norozilik aksiyalari, ish tashlashlar bo‘lib o‘tmoqda. Armanistonda inqilobiy vaziyat yuzaga keldi. Men baxmal inqilobi boshlanganini e’lon qilaman”, — dedi Yerevan markazidagi maydonda chiqishi chog‘ida muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan.

17-aprel, seshanba kuni Armaniston parlamentida Serj Sargsyanning bosh vazir lavozimiga saylanishi bo‘yicha yig‘ilish boshlandi. Bino politsiya tomonidan o‘rab olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют