» » Armanistonda sobiq prezident nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surilishiga qarshi namoyishlar boshlandi

Armanistonda sobiq prezident nomzodini bosh vazir lavozimiga ilgari surilishiga qarshi namoyishlar boshlandi


Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan nomzodi bosh vazir lavozimiga ilgari surilishiga qarshi namoyishga chiqqanlar 16-aprel, dushanba kuni poytaxt Yerevandagi qator asosiy avtoyo‘llarni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. 

Yo‘llarda haydovchisiz, biroq avariya signallari yoqilgan mashinalar qoldirilgani, kishilar asfaltga yotib, avtomobillar va jamoat transportini o‘tkazmayotgani bildirilmoqda. Shahar markazida harakatlanish deyarli to‘xtatilgan. 

15-aprel, yakshanba kuni muxolifatdagi “Yelk” fraksiyasi rahbari, Armaniston parlamenti deputati Nikol Pashinyan Yerevan ahoisini ommaviy bo‘ysunmaslik aksiyalarini uyushtirish, jumladan, ko‘chalar va ko‘priklarda harakatlanishga to‘sqinlik qilish, metropoliten faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik, banklardagi barcha hisob raqamlaridan pullarni olishga chaqirgandi. 

Politsiya hozirda parlamentni qurshab oldi va namoyishchilarni asosiy yo‘llardan tarqatib yuborishni boshladi. 

14-aprel, shanba kuni hukmron Respublika partiyasi o‘z yetakchisi, sobiq davlat rahbari Sargsyanning nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga rasman tasdiqladi. 17-aprel kuni Armaniston parlamentida boshqaruvning parlament shakliga o‘tgan mamlakatda hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlaydigan yangi bosh vazir saylovi bo‘lib o‘tadi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют