» » Moldova konstitutsiyaviy sudi prezident Igor Dodonning vakolatini vaqtincha to‘xtatdi

Moldova konstitutsiyaviy sudi prezident Igor Dodonning vakolatini vaqtincha to‘xtatdi


Moldova konstitutsiyaviy sudi hukmron koalitsiya deputatlari so‘roviga binoan 2-yanvar, seshanba kuni prezident Igor Dodonning vakolatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Mazkur qaror Dodon o‘tgan haftada bosh vazir tomonidan taklif etilgan ikki bosh vazir o‘rinbosari va 5 vazir nomzodini qaytargani bilan izohlanmoqda.

Sudga ko‘ra, prezident faqat bir marotaba hukumat a’zosi nomzodini tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin. Bosh vazir qaytadan shu nomzodni ilgari sursa, davlat rahbari uni tasdiqlashga majbur.

Endi hukumatning yangi a’zolarini lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonlar bosh vazir Pavel Filip yoki parlament spikeri Andrian Kandu tomonidan imzolanadi.

Опубликовано: admin (2-01-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют