» » Qirg‘iziston parlamenti hukumat rahbari bosh vazir o‘rinbosari nomzodini shaxsan taqdim etmaganiga e’tiroz bildirdi

Qirg‘iziston parlamenti hukumat rahbari bosh vazir o‘rinbosari nomzodini shaxsan taqdim etmaganiga e’tiroz bildirdi


Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Dayir Kenekeyevning mamlakat bosh vaziri o‘rinbosarligiga nomzodini boshqa bosh vazir o‘rinbosari — Duyshenbek Zilaliyev taqdim etganidan norozilik bildirdi. Bu haqda K-News xabar bermoqda. 

“Parlament amaliyotida ilk bor bir bosh vazir o‘rinbosari ikkinchisini taqdim etayotganini kuzatyapmiz. Mavqeyi teng bo‘lganlar nomzod ko‘rsatishi mumkin emas. Hukumat rahbari o‘rinbosarini shaxsan o‘zi taqdim etishi kerak edi”, — dedi deputat Kanibek Imanaliyev. Uning e’tirozini deputat Janar Akayev qo‘llab-quvvatladi.

Duyshenbek Zilaliyev nega aynan unga Kenekeyev nomzodini deputatlarga taqdim etish topshirilganiga izoh berdi. 

“Bosh vazir va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari ayni paytda yo‘q, shu sababli hukumatning yangi a’zosini taqdim etish menga topshirildi”, — tushuntirdi Zilaliyev. 

Hukumat Dayir Kenekeyev nomzodini joriy yil 7-oktabrda YTHda halok bo‘lgan Temir Jumaqodirov o‘rniga taklif etgandi. 

Parlament oxir-oqibat nomzodni tasdiqladi. Dayir Kenekeyev hukumatda iqtisodiyot masalalarini nazorat qiladi. 

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют