» » OAV: Yevrokomissar Pyer Moskovisi Fransua Fiyonning tikuvchisi tikkan kostyumlarni sovg‘a sifatida olgan

OAV: Yevrokomissar Pyer Moskovisi Fransua Fiyonning tikuvchisi tikkan kostyumlarni sovg‘a sifatida olgan


Iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha yevrokomissar Pyer Moskovisi Fransiya prezidentligiga nomzod Fransua Fiyonning tikuvchisi tikkan kostyumlarni sovg‘a sifatida olgan. Bu haqda xabar “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Canard Enchaine nashriga ko‘ra, gap 2012-yilgacha sodir bo‘lgan voqealar haqida ketmoqda. O‘sha paytda parlament a’zolariga bunday hadyalar haqida rasmiylarga ma’lum qilish shart bo‘lmagan. 

“Bundan umuman xijolat bo‘lmayman, chunki bu chin do‘stlar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy sovg‘alardir. Ular butkul beg‘araz berilgan”, — deya ta’kidladi yevrokomissar.

Eslatib o‘tamiz, Fransua Fiyon davlat mablag‘larini noo‘rin sarflashda gumon qilinmoqda, unga nisbatan rasman tergov boshlandi. 

Опубликовано: admin (23-03-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют