» » Botsvanada zaharlangan fillarni yegan 500 dan ortiq kalhat nobud bo‘ldi

Botsvanada zaharlangan fillarni yegan 500 dan ortiq kalhat nobud bo‘ldi


Botsvananing markaziy okurgida brakonyerlar tomonidan zaharlangan fillar qoldiqlarini yegan 537 tadan ortiq kalxatlar nobud bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qushlarning nobud bo‘lishi halok bo‘lgan uchta fil go‘shtida kimyoviy moddalar bo‘lgani bilan bog‘liq. Huquq-tartibot organlari xodimlari hududni zararsizlantirish uchun yetib kelgan. Qushlar yegan fil go‘shti va tuproq namunalari tekshirish uchun laboratoriyaga olib kelingan.

Nobud bo‘lgan qushlar orasida 10 ta Kaps kalxati, 14 ta Afrika quloqdor kalxati, 468 ta Afrika kalxati, 17 ta oq boshli kalxat va 28 ta qo‘ng‘ir quzg‘unlar bo‘lgan.  Shuningdek, voqea joyida ikkita tog‘ burguti ham topilgan.

Yovvoyi tabiat va milliy bog‘lar departamenti hayvonlarni qasddan zaharlaydigan odamlar xatti- harakatidan xavotirda ekanini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 135) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют