» » La Ligaga chiqqan uchinchi jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi

La Ligaga chiqqan uchinchi jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi


2019/20-yilgi mavsum La Liga yo‘llanmasini taqdim etuvchi Segunda pley-offining javob bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Malyorka” klubi “Deportivo”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va La Liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (3:0).

Ma’lumot uchun, “Malyorka” dastlabki o‘yinda “Deportivo”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Jamoa 6 yillik tanaffusdan so‘ng Ispaniya yuqori divizionida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz, “Malyorka” o‘tgan mavsum Segunda Bdan Segundaga ko‘tarilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Osasuna” hamda “Granada” klublari ham yangi mavsumni La Ligada boshlashi ma’lum bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют