» » “Manchester Siti” Angliya klublari orasida yangi rekord o‘rnatdi

“Manchester Siti” Angliya klublari orasida yangi rekord o‘rnatdi


“Manchester Siti” Angliya Kubogining finalida “Uotford”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (6:0).

Shunday qilib, “shaharliklar” bitta mavsumda barcha musobaqalarni hisoblaganda 50 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan Angliyada birinchi jamoa bo‘ldi (yuqori divizion vakillari orasida).

Bunga qadar eng yaxshi natija Manchesterning ikki klubi “Yunayted” hamda “Siti”ga tegishli edi. “Yunayted” 2008/09-yilgi mavsum, “Siti” esa 2017/18-yilgi mavsumda 44 tadan g‘alabaga erishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola jamoasi birinchi marta bitta mavsumda chempionatda g‘olib bo‘ldi va Angliya Kubogi hamda Liga Kubogini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют