» » Kongoda Ebola kasalligidan 2018-yilning iyulidan buyon 1,5 ming kishi vafot etdi

Kongoda Ebola kasalligidan 2018-yilning iyulidan buyon 1,5 ming kishi vafot etdi


Kongoda 2018-yilning iyul oyi oxiridan buyon Ebola kasalligidan vafot etganlar soni 1 500 kishidan oshdi. “TASS”ning xabar berishicha, kasallik bilan zararlanganlar umumiy soni 2 240 kishiga yaqinlashmoqda.

Afrika mamlakatlari Sog‘liqni saqalash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon kasallik holatlarining umumiy soni 2 239 kishini tashkil etgan. Ulardan 2 145 nafari tasdiqlangan, 94 nafari kasalikka chalinishi ehtimoli bor deb topilgan. Umumiy hisobda 1 506 ta o‘lim holatlari qayd etilgan (1 412 ta tasdiqlangan, 94 ta ehtmoliy).

Tibbiyot xodimlari 276 ta shubhali holatlarni tekshirmoqda. So‘nggi kunlarda 13 nafar kasallangani, to‘qqiz nafar vafot etgani aniqlangan. Sakkiz kishi esa kasallikdan tuzalgan.

Xabarda aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi Oli Ilunga Kalenga aholini “Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilinayotgan choralar yordamida ularning oilalarini, qarindoshlarini, do‘stlarini va ularning o‘zlarini himoya qilishga intilayotgan hukumatga ishonishga chaqirdi”.

Gap vafot etgan shaxslarning dafn marosimini tegishli ravishda xavfsiz o‘tkazish haqida ketmoqda. Chunki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti avval ham bir necha marta ta’kidlaganidek, aynan kasallangan odamlarni dafn qilish paytida ko‘pincha sanitariya qoidalariga rioya qilinmagani kasallik virusining tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют