» » Qozog‘istonning Aris shahrida portlashlar oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aris shahrida portlashlar oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi


Qozog‘istonning Aris shahrida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimi Umirzoq Shukeyev ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik.

“Jabrlanganlar bor, 31 kishi shifoxonaga jo‘natilgan. Ikki kishi og‘ir ahvolda. Bir kishi halok bo‘ldi. Uning mashinasiga o‘q tushdi”, — dedi Shukeyev.

Bugun, 24-iyun kuni ertalab taxminan soat 09:20 da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Qutqaruvchilar tomonidan shaharda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar shahardan olib chiqib ketilmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Aris shahrida 45 ming kishi yashaydi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyda 75 nafar o‘t o‘chiruvchilar va 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va kinologlar brigadasi ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют