» » Aris shahridagi portlashda halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Aris shahridagi portlashda halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi


Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yuzaga kelgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi. Ular orasida harbiy xizmatchi ham bor, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Shuningdek, 165 kishi shifoxonaga murojaat qilgan. Ularning 76 nafariga birinchi yordam ko‘rsatilib, uylariga jo‘natilgan bo‘lsa, 89 nafar jabrlanuvchi statsionar davolanishga olib qolingan. 15 nafar bemor jonlantirish bo‘limida.

24-iyun kuni ertalab taxminan soat 09:20 da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Qutqaruvchilar tomonidan shaharda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar shahardan olib chiqib ketilmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Aris shahrida 45 ming kishi yashaydi.

Mavzuga doir: Qozog‘istonlik askar Aris shahridagi portlashlar chog‘ida ota-onasi uchun vidolashuv videosini yozmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют