» » AQSh kongressmenlari Trampga Eronga ruxsatsiz hujum qilishni cheklamoqchi

AQSh kongressmenlari Trampga Eronga ruxsatsiz hujum qilishni cheklamoqchi


Amerika kongressmenlari Ro Xanna, Mett Gets va Entoni Braun AQSh harbiy budjetiga o‘zgatirish kiritib, Donald Trampga mablag‘lardan kongress roziligisiz Eronga hujum qilish maqsadida foydalanishni cheklamoqchi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Prezident Tramp ataylab, mulohaza qilmasdan Eron bilan ziddiyatga borishga majbur qilib Yaqin Sharqda yangi urush boshlanishi xavfini tug‘dirmoqda”, — deyiladi Braun bayonotida.

Uning eslatishicha, AQShning maqsadi Eronni muzokara stoliga chaqirish va unga yadro quroligi ega bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Braunning fikricha, Tramp yuzaga keltirgan vaziyatda bu haqda kongress a’zolari ham, oddiy amerikaliklar ham unutgan.

Xannaning ta’kidlashicha, o‘tgan haftada Tramp Eronga zarba berishni unga bir necha daqiqa qolganda to‘xtatgan. Uning aytishicha, bu zarba prezidentning salovoldi va’dalariga zid ravishda AQShni Yaqin Sharqda trillion dollarlik urushga olib kelishi mumkin edi.

Gets esa o‘z bayonotida “Yaqin Sharqdashi nokonstitutsiyaviy, cheksiz urushlar Amerikani kuchli emas, aksincha kuchsizlantiradi”. U, AQSh Eronga qarshi kuch qo‘llash kerakligini e’tirof etdi, ammo har qanday harbiy harakatlar to‘g‘risidagi qaror konstitutsiyaviy asosda kongress tomonidan qabul qilinishi kerakligini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют