» » Pompeo AQSh tolibonlar bilan kelishuv imzolashga tayyorligini bildirdi

Pompeo AQSh tolibonlar bilan kelishuv imzolashga tayyorligini bildirdi


AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika “Tolibon” muholifat harakati vakillari bilan kelishuv imzolash arafasida turganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va tolibonlar “haqiqiy progress”ga erishdi va afg‘on zamini boshqa hech qachon “terrorchilar uchun boshpana bo‘lmasligiga” yordam beruvchi shartnoma imzolashga tayyor.

U hujjatni 1-sentabrgacha imzolashni rejalashtirmoqda, aynan shu kuni Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Pompeo Vashington tolibonlar bilan xorijiy harbiylar ishtiroki masalasida muzokaralar boshlaganini qo‘shimcha qilgan va hozircha NATO qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishning aniq muddati yo‘qligini ta’kidlagan.

AQSh qo‘shinlari qariyb 18 yildan beri Afg‘onistonda bo‘lib turibdi. Ular 2001-yil 11-sentabrdagi terrorchilik hujumidan so‘ng kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют